Ikki nafar kuchli futbolchining transferi amalga oshirilsa, Xavi Barselonada qolishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 12:42
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsum oxirida jamoani tark etish haqidagi fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Fernando Polo bergan ma’lumotga ko‘ra, buning uchun ispaniyalik mutaxassis kamida ikkita yulduz futbolchi bilan shartnoma imzolashi kerak.

Manbaga ko‘ra, Xavi tarkibni "Real Sosyedad" futbolchisi Martinos Subimendi yoki "Bavariya" a’osi Yozua Kimmix bilan kuchaytirmoqchi.

Shuningdek, “Barselona” ustozi “Manchester Siti”dan Bernardu Silvani o‘z safida ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” rahbariyati Xavini bosh murabbiy sifatida saqlab qolishga harakat qilmoqda. Klub moliyaviy inqiroz sharoitida ishlay oladigan bironta ham mavjud mutaxassisni ko‘rmayapti.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati