Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida 10 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 12:40
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida kamida o‘nta mashina ishtirokida yuz berib, tirbandlikka sabab bo‘lgan YTH foto va videotasvirlari tarqalmoqda.

Ikkita yuk mashinasi beton plita va bir nechta yengil mashinalar bilan to‘qnashgan. Ikkita avtomobil yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan. Ba’zi mashinalar jiddiy zarar ko‘rgan.

Avtohalokat oqibatida uch kilometrga cho‘zilgan tirbandlik yuzaga keldi, to‘rtta polosadan uchtasi to‘silib qolgan. Voqea joyiga YPX xodimlari yetib kelgani, tez yordam esa jabrlanganlarga ko‘mak berayotgani aytilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati