Moskvadagi teraktdan keyin polisiya bo‘limida vafot etgan chechenistonlik teraktga aloqador bo‘lmagani aytilmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 13
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 12:38
Checheniston ombudsmani Uspanovning ushlanishi va o‘ldirilishi haqidagi xabarlarni “mish-mish va uydirma” deb atadi. Shuningdek, marhumning qarindoshlariga tayanib, Uspanov teraktdan bir necha soat avval qo‘lga olinganini va u “Krokus”ga hujumga aloqador bo‘la olmasligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 mart kuni kechqurun, “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin qo‘lga olingan chechenistonlik Asxab Uspanov noma’lum sabablarga ko‘ra bir necha soatdan keyin vafot etgani xabar berilgan edi.
Chechenistonning 1ADAT muxolifat Telegram-kanali da’vo qilishicha, Uspanov ushlanganidan keyin qiynoqqa solingan, qovurg‘alari va umurtqasi singan, bo‘g‘ish va gematoma izlari bo‘lgan.