Mart oyining eng yaxshi hakami bo‘lish uchun nomzodlar

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 12:36
Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumning 2-yarmidan boshlab O‘zbekiston futbol hakamlari markazi har oy yakunlariga ko‘ra eng yaxshi hakamni aniqlab keladi. Bunda oy davomida uchrashuvlarda eng kam xato qilgan hamda nazoratchi tomonidan yuqori ball olgan hakamlar nomzod sifatida tanlab olinadi. So‘nggi mavsum davomida oyning eng yaxshilarini aniqlashda Markaz O‘zPFL musobaqalarini muntazam kuzatib boradigan neytral shaxslar ro‘yxatini tuzib chiqdi hamda ovoz berishda ularning yordamidan foydalanib keldi.

Oyning eng yaxshi hakami futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, jumladan, sharhlovchi, jurnalist va murabbiylar tomonidan aniqlab olinishi rejalashtirilgan. Demak, birinchi davraning eng yaxshi hakami bo‘lish uchun keltirilgan nomzodlar bilan tanishing:

— Rustam Lutfullin;

— G‘ayrat Jo‘rayev;

— Asker Najafaliyev.

Quyida ularning ushbu oy davomida boshqargan uchrashuvlari ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin.
1. Rustam Lutfullin.— Superliga 1-tur: “Bunyodkor” – “Qizilqum” (1:3);— Superliga 3-tur: “Lokomotiv” – “Paxtakor” (3:0);
Shuningdek, u OKMK – “Andijon”, “Dinamo” – “Neftchi”, “Surxon” – “Andijon”, “Dinamo” – “Metallurg”, “Qizilqum” – “Lokomotiv” bahslarida VAR hakami sifatida ishlagan.
2. G‘ayrat Jo‘rayev.— Superliga 1-tur: OKMK – “Andijon” (0:0);— Superliga 3-tur: “Neftchi” – “Metallurg” (1:0);— Pro liga 3-tur: “Sho‘rtan” – “Do‘stlik” (2:0).
3. Asker Najafaliyev.— Superliga 1-tur: “So‘g‘diyona” – “Neftchi” (1:2);— Superliga 3-tur: “Surxon” – “Andijon” (2:3);

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati