2,5 mlrd. so‘mlik to‘yxona kredit qarzi sabab auksionga qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 20:12



Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 2023 yil 27 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan undiruvi Milliy bank foydasiga qarzdor MCHJdan 2 mlrd. so‘m kreditning asosiy qismi va 171,2 mln. so‘m kredit foizi undirilishi belgilangan.

Shuningdek, undiruv garovdagi tumanning Qo‘shtepa massivida 11 000 kv.m. yer maydoni biriktirilgan holda joylashgan to‘yxona va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi bino-inshootlariga qaratilishi ko‘zda tutilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida Majburiy ijro byurosining Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan garovdagi to‘yxona bino-inshootlari xatlab qo‘yildi.

Hozirda to‘yxona bino-inshootlari 2,5 mlrd. so‘m boshlang‘ich narx bilan “e-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati