Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tmoqchi edi...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 12:30
Xorijiy yo‘nalishda harakatlanib, bojxona postiga kirib kelgan yuk avtomashinasi dastlabki bojxona nazoratidan o‘tkazilgan vaqtda tovarning yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilgan vazni va avtotarozida ko‘rsatilgan vazn o‘rtasida katta farq yuzaga kelgan.

Bojxona xodimlarining gumonlariga oydinlik kiritish maqsadida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida esa, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovar moddiy boyliklari borligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, umumiy vazni 8,5 tonnani, qiymati esa, 876 million so‘mni tashkil etuvchi qurilishda foydalaniladigan xom ashyolar bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tish maqsadida yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmaganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Hozir ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli qonunchilik doirasida ish olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati