Foden faoliyatida ilk bor bir mavsumda barcha musobaqalarda kamida 20 ta gol urdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 12:30
"Manchester Siti"ning angliyalik yarim himoyachisi Filipp Foden faoliyatida ilk bor bir mavsumda barcha musobaqalarda kamida 20 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Foden Angliya Premyer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va "Aston Villa" (4:1) uchrashuvida xet-trik qayd etgan edi. Fil - "Manchester Siti"ning tarbiyalanuvchisi. Yarim himoyachi 2017 yildan beri "shaharliklar"ning asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda. Fodenning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Ayni damda "Manchester Siti" 30 uchrashuvda 70 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. To‘plar nisbati bo‘yicha "shaharliklar"dan oldinda borayotgan "Liverpul" hali 30-tur o‘yinini o‘tkazishi kerak. Londonning "Arsenal" klubi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati