Di Mariya yana kamida 1 mavsum Lissabonda qolishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 12:14
"Benfika" klubi yarim himoyachi Anxel di Mariyani kamida yana bir mavsum o‘z safida saqlab qolmoqchi. Italiyalik insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, "burgutlar" kelasi mavsum oxirigacha yangi shartnoma imzolash uchun argentinalik bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Di Mariyaning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi, ammo Lissabon klubi Anxelni erkin agent sifatida yo‘qotishni istamayapti. Argentinalik futbolchining o‘zi kelasi yozda Yevropani tark etishga tayyormi yoki yo‘qligini hali hal qilmagan.

36 yoshli Di Mariya joriy Portugaliya chempionatida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati