Og‘ir atletika. Jahon kubogida Doston Yoqubov va Muhammadqodir Toshtemirov ishtirokidagi bellashuv yakunlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 11:42
Hozirgina og‘ir atletika bo‘yicha Tailanddagi Jahon kubogining erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida «S» guruh bahslari yakunlandi. E’tiborlisi, unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Doston Yoqubov siltab ko‘tarishda 178 kg natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ammo Doston dast ko‘tarishda barcha urinishlarni muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi.Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yana bir vakilimiz Muhammadqodir Toshtemirov esa dast ko‘tarishda 145 kg natija bilan 5-orinni egalladi. Ushbu sportchimiz esa siltab ko‘tarishni biror marta ham muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi.Ushbu vazn toifasida «B» va «A» guruh bahslari ham bugun bo‘lib o‘tadi. Yakuniy natijalar esa barcha guruhlardagi bellashuvlar yakunlanganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati