Messisiz «Inter Mayami» so‘nggi 4 ta o‘yinda 1 bor g‘alaba qozondi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 11:30
“Inter Mayami” KONKAKAF chempionlar kubogi chorak finalining ilk uchrashuvida “Monterrey”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Lionel Messisiz floridaliklar so‘nggi to‘rtta o‘yinda faqat bitta g‘alabaga erisha olishdi. Bu davrda MLS klubi ikkita mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan.

Messi so‘nggi bor 14 mart kuni KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/8 finalining javob o‘yinida “Neshvill”ga qarshi o‘yinda (3:1) “Inter Mayami” safida o‘ynagan va bu o‘yinda tizzasidan jarohat olgan edi.

Shu haftada argentinalik futbolchi mashg‘ulotlarni davom ettirdi, ammo "Monterrey" bilan bugungi o‘yin uchun tarkibga kiritilmadi.

MLS mavsumining 7 o‘yinidan keyin "Inter Mayami" Sharqiy konferensiya jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati