Rossiyada Putinni tanqid qilgan tojikistonlik hibsga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 11:02
Rossiyada Tojikiston fuqarosi mamlakat prezidenti Vladimir Putinni va Ukrainadagi urushni tanqid qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Novosibirskdagi Kalininskiy tuman sudi xabar berdi.

Tojikiston fuqarosi Dalerjon Achilov bezorilik va harbiy “feyk”da ayblanib, tergov izolyatoriga yuborilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2022 yil fevralidan 2024 yil martigacha Novosibirskdagi ikkita savdo markaziga tashrif buyurib, “Ukrainadagi urush maqsadlari, usullari va uning kechishi to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumot bergan”, shuningdek, “Putinning, Rossiya hukumatining harbiy operasiya o‘tkazish to‘g‘risida qarorini qoralagan”.

Bundan tashqari, erkak jamoat joylarida bo‘lganida, bir necha bor “rus ayollarini haqoratlab, qo‘pol so‘zlar bilan gapirgan”likda ayblanmoqda. Achilov Rossiyaga 2012 yilda kelgan. 2021 yilda u yashash uchun ruxsatnoma olgan va shu yilning fevral oyida Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza berdgan.

“Tojikiston fuqarosi hibsga olinishidan oldin oziq-ovqat bozorida noqonuniy ishlagan”, — deya xabar beradi Tergov qo‘mitasi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati