Oyda birinchi marta o‘simliklar yetishtirish rejalashtirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 10:52
Er sayyorasiga yaqin bo‘lib, hamisha insoniyat ko‘ziga ko‘rinib turgan Oy o‘zining go‘zalligi va sirlari bilan doimiy e’tiborni tortib kelgan. Unga odamzod qadami qo‘yilishi bugungi ulkan rejalarga sabab bo‘ladi, deb kim o‘ylabdi?

«Oyni olib beraymi?» qabilidagi iboralar bugun «Oydan mahsulot olib beraymi?» tarzida o‘zgarsa, ajablanmang. Amerikalik astronavtlar «Artemida III» missiyasi doirasida 2026 yilda Oy yuzasiga mahsulot ekishni rejalashtirmoqda, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida.

Oyning qishloq xo‘jaligi florasiga ta’siri (LEAF) loyihasi tuzilgan bo‘lib, 2026 yilda ushbu sayyoraga yuborilishi uchun tanlangan uchta tajribadan biridir. Bu AQSh kosmik agentligining Oyda birinchi marta o‘simliklar yetishtirishi bo‘ladi va kelajakda kosmik missiyalarni kengaytirish uchun kalit bo‘lishi mumkin.

LEAF tajribasi Koloradodagi «Space Lab Technologies» tomonidan turli o‘simliklarning kosmik sharoitlarga qanday bardosh berishini tekshirish uchun ishlab chiqilgan.

Astronavtlar kengaytirilgan «o‘sish kameralari» seriyasidan foydalanadilar, bu texnologiyadan kress salat, o‘rdak o‘ti va brassica rapa karamlari yetishtiriladi. Ushbu kameralar o‘simliklarni ortiqcha radiasiya, quyosh nuri va vakuumdan himoya qiladi va astronavtlar ularning o‘sishini nazorat qiladi.

Kress salati tanlanganining sababi – uning butun genetik kodi to‘liq xaritaga tushirilgan. Bu shuni anglatadiki, olimlar o‘simlik DNKsidagi o‘zgarishlar radiasiya tufayli yuzaga keladimi yoki yo‘qligini aniqlashlari mumkin.
O‘rdak o‘tining na ildizi, na poyasi bor. Dunyodagi eng kichik o‘simlik o‘zining sharsimon shakli bilan birgalikda kosmik sharoitlarga, ayniqsa chidamli bo‘lishi mumkinligiga umid qilinmoqda. Juda chidamli va tez o‘sadigan o‘rdak o‘ti ko‘pincha dunyo bo‘ylab butun hovuz va ko‘llarni tezda qamrab oladi. Biroq, kosmosda o‘rdak o‘ti noqulay emas, balki ko‘p kislorodning potensial manbai bo‘lgan past proteinli ekinga aylangan.
Brassica rapa karami – karam va brokkolining tez o‘sadigan qarindoshi, kelajakdagi kosmik koloniya uchun ovqatlanish va hayotni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini ta’minlay olishi taxmin qilinmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati