Ba’zi pensionerlarning bank kartalariga tushgan mablag‘ nega bekor qilindi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 10:48
Ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘layotgan mazkur holat yuzasidan Xalq banki Rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Xalq banki tizimida pensiya mablag‘larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ba’zi pensionerlarning bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar "bekor qilingan" holati yuzaga kelgan.

Mazkur holat jami pensiya oluvchilarning 3 foizida kuzatilgan. Hozirda ushbu xatoliklar bartaraf etilib, "bekor qilingan" pul mablag‘lari bank kartalarga qaytarilmoqda.

"Eslatib o‘tamiz, barcha pensiya oluvchilarga, shu jumladan, yuqoridagi muammoga duch kelgan mijozlarga ham pensiya mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5102-sonli qaroriga asosan, o‘zgarishsiz oyning 5-sanasigacha tushirib beriladi", - deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati