Navoiy va Angrenda yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 10:26
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda SH.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.S.ga Karmana tumani “Xazora” MFY hududidagi “YO.A.” MCHJning 2,5 gektar yer maydonini issiqxona qurish uchun go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 27 800 AQSh dollari va 165 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. fuqaro M.M.ga tanishlari yordamida “8-Mart” MFY hududidagi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli 50 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati