Xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning asosiy natijasi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 11
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 10:18
Xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi iqtisodiy o‘sish, aholi (ayniqsa yoshlar) bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasidagi o‘sish 6,8 foizni, sohaning YAIMdagi ulushi 43,4 foizni tashkil etdi.
So‘nggi yillarda respublikada xizmat ko‘rsatish sohasini qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish borasida muhim qadamlar qo‘yildi. Xususan: - “Elektron hukumat” tizimi takomillashtirildi va umumiy elektron davlat xizmatlari soni 592 taga yetdi; - biznesni ro‘yxatga olish osonlashtirildi va xizmatlar sohasidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni 2,5 barobar ko‘paydi (2017-yildagi 128 mingtadan 2023-yilda 326 mingtaga).
Zamonaviy xizmatlarni rivojlantirishda sohaga xususiy sektorning faol jalb qilinishi o‘z samarasini berdi va tahlil qilingan davrda quyidagi o‘zgarishlar qayd etildi: - Moliyaviy xizmatlar 7,1 marotaba oshdi. Xususiy va xorijiy banklarning sohaga jalb qilinishi ularning raqobatbardoshligini oshirdi va 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra HHI indeksi 986 gacha pasaydi (2017-yil oxirida 1520 ga teng bo‘lgan); - Axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar 3,9 marotaba oshdi; - Ta’lim sohasidagi xizmatlar 4,6 marotaba oshdi; - Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 1 328 taga (2017-yil oxirida 250 ta), oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 21 941 taga (2017-yil oxirida 579 ta), nodavlat umumta’lim muassasalari soni 194 taga (2017-yil oxirida 39 ta), nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni 194 taga (2017-yil oxirida 1 ta), xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 28 taga (2017-yil oxirida 7 ta) yetdi; - Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 5,0 marotaba oshdi va hozirgi kunda 8200 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda (2017-yil oxirida 4000 ta edi).
O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish maqsadida "O‘zbekiston-2030" strategiyasida bir qator maqsadlar belgilab olingan. Jumladan: - hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali xizmat ko‘rsatish hajmini 3 baravarga oshirish; - o‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan tumanlarda zamonaviy bozor xizmatlari, IT, ta’lim, tibbiyot, yuridik, san’at, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini rivojlantirish; - shaharsozlik loyihalari asosida zarur infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarning 233 mingta bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish orqali savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarni rivojlantirish; - o‘rta va yirik shaharlarning markazlarida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaziy ko‘chalarni tashkil etish orqali 36 mingta savdo va servis ob’ektlarini tashkil etish; - «Yangi O‘zbekiston» massivlarida va xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida 6 mingta savdo va servis ob’ektlarini qurish; - yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish.