Uch xotinli qochoq ota videokuzatuv kamerasi orqali topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 10:12
Farzandi ta’minotidan qochib yurgan ayrim fuqarolar jamiyatimizda borligi achinarli holatdir. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy axborot -kommunikasiya vositalari borki, bu qurilmalar kim qayerda yurgani, nima ish bilan bandligini tasvirga muhrlaydi.

Buni yaqinda voyaga yetmagan farzandlari ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan, uch nafar sobiq xotinidan qochib, savdo markazi kuzatuv kamerasi orqali topilgan qarzdor fuqaro misolida ham ko‘rish mumkin. Fuqaro R.B. Namangan viloyatining Chust tumanida yashaydi. 2014 yilda turmush o‘rtog‘i G.CH. bilan ajrashib ketadi. Sudning qaroriga ko‘ra, undiruvchi foydasiga bir bola uchun aliment to‘lash belgilanadi.

Biroq qarzdor farzandi uchun ta’minotni vaqtida bermay keladi. Ishsizlikni ro‘kach qilib, turli bahonalar orqali aliment to‘lamaydi.

Unga nisbatan vaqtinchalik chetga chiqish huquqlari cheklanadi. U sekin-sekin Toshkent shahriga ishlashga boradi va berkinib yura boshlaydi. Sobiq turmush o‘rtog‘ida qolgan bir nafar farzandi nima yeb, nima ichayotgani uni qiziqtirmaydi. MIB davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Qarzdorga doir barcha ma’lumotlar ichki ishlar organlariga taqdim etiladi. Yaqinda olingan ma’lumotlar ish berib, u Toshkent shahridagi savdo markazida yurgani ma’lum bo‘ladi.

Kuzatuv kameralari holatni aniqlashtirib, qarzdor hech qayerga qocholmaydi. Qarzdorning bo‘ynida G.CH. foydasiga 87 million 989 ming 540 so‘m, A.A. foydasiga 78 million 827 ming 480 so‘m, YU.U foydasiga esa 18 million 278 ming 832 so‘m, jami 185 million 95 ming 852 so‘m qarzdorlik vujudga kelgan.

Qochoq ota poytaxtdan Namanganga olib kelinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. O‘tkazilgan sud jarayonida unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati