Qashqadaryodagi tarixiy ob’ektlar yo‘qolib ketish xavfi ostidami? Munosabat bildirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 19:50
Joriy yilning 8 mart kuni «Milliy tiklanish» gazetasida «Natija bo‘lmasa, bu masala Parlament darajasiga ko‘tariladi?» sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda Qarshi shahridagi Haramjo‘y, Kulol, Chaqar masjidlari va Sharifboy madrasasi kabi tarixiy ob’ektlari bugungi kunda butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani, bu boradagi murojaatlarga mutasaddilar yetarlicha e’tibor qaratmayotgani tanqid qilingan.

Madaniy meros agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan vaziyat atroflicha o‘rganildi. Unga ko‘ra quyidagilar ma’lum qilinadi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar «Haramjo‘y» MFY hududida joylashgan Haramjo‘y masjidida 2022–2023 yillar davomida restavrasiya ishlari olib borilgan bo‘lib, hozirgi kunda ayni jarayon to‘liq tugallangan. Inshoot topshirishga tayyor holga keltirilgan.

Kulol masjidida 2024 yilda qayta tiklash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan va hozirgi kunda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, Sharifboy madrasasida esa restavrasiya jarayoni boshlab yuborilgan.

Chaqar masjidiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u XIX asrda bunyod etilgan bo‘lib, hozirgi kungacha yaxshi holatda saqlangan. Inshoot mahalliy aholi tomonidan bir necha bor qayta ta’mirlangan. Shunga qaramasdan, masjidni 2025 yilgi ta’mirlash tiklash ishlari rejasiga kiritish ko‘zda tutilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati