Satton De Zerbini tanqid qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 09:28
Kris Satton Roberto De Zerbining "Brayton" loyihasi haqida gapirdi.

Avvalroq, Roberto De Zerbi "Brayton"ni tark etib, Yevropaning top-klubini boshqarishga tayyor ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

"Dengiz otlari" bosh murabbiyi klubning kelajakdagi loyihasi haqida aniq fikr bildirmasligini aytdi.

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Kris Satton De Zerbining so‘zlarini tanqid qildi.

"Undan grand klublar qiziqishi haqida so‘rashdi va u shunchaki yelkasini qisib, "biz hali ham muzokaralar olib bormoqdamiz" kabi jumlalarni aytishi mumkin edi.

Lekin men u aytgan ba’zi gaplarni keraksiz deb o‘yladim. Muammo shartnomada emas, reja, maqsad, kelajakka bo‘lgan yondashuvni topishda ekanligini aytdi.
Bir qarashda u shunday deb o‘ylashga haqli. Lekin men aytishim mumkinki, u muammo borligiga ishora qilmoqda.
Agar men "Brayton" muxlisi bo‘lganimda, De Zerbidan juda g‘azablangan bo‘lardim", dedi Satton.
De Zerbining "Brayton" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Murabbiy "Barselona", "Bavariya" va "Liverpul" uchun qiziq variant hisoblanadi. 

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati