Mauro: Piolini jamoada qoldirish kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 08:48
Bir paytlar “Napoli” va “Yuventus” kabi klublarda to‘p tepgan italiyalik sobiq futbolchi Massimo Mauro "Milan"dagi murabbiylik holati haqida gapirdi.

Uning fikricha, klub 2019 yilning kuzidan beri jamoani boshqarib kelayotgan Stefano Pioli bilan shartnomani uzaytirishi kerak.

"Pioli haqidagi bu gap-so‘zlarning barchasini, agar mening vakolatimga kirsa, to‘xtatgan bo‘lardim.

Italiya chempionatida turli xorijlik murabbiylarni ko‘rdik, ammo ular muvaffaqiyatga erisha olishmadi.

“Milan” ham chet ellik murabbiyni olib kelishni xohlardi, keyin Piolini olishdi – menimcha, bu juda omadli yurish bo‘ldi.

Uni jamoada qoldirish kerak, u aql bovar qilmas inson va "Milan"ni g‘alabaga qaytargan mutaxassis", - deya Mauroning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati