Xoland va De Bryuyne kecha nega maydonga tushmadi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 08:20
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o‘yindagi g‘alaba (4:1) haqida gapirib, norvegiyalik hujumchi Erling Xoland va belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuynening maydonga tusha olmagani haqida gapirdi.

"Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bugun raqibga qaraganda yaxshiroq edik, biroq bir oy oldin "Villa Park"da ular kuchliroq edi. "Siti" yaxshi o‘ynadi, ko‘p vaziyatlar yaratdi, lekin undan ham ko‘proq gol urish imkoniyatini boy berdi.

Xoland va De Bryuyne o‘ynashi mumkin edi, lekin biz ularga dam berdik. Bizga har bir o‘yinda yangi futbolchilar kerak. Biz 3 kun oldin "Arsenal" bilan o‘yin o‘tkazdik.

Bizga biroz rotasiya kerak edi, chunki taqvim shuni talab qilmoqda", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Ayni damda «Manchester Siti» 30 uchrashuvda 70 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

To‘plar farqi bo‘yicha “shaharliklar”dan oldinda borayotgan “Liverpul” hali 30-tur o‘yinini o‘tkazishi kerak. To‘rtinchi o‘rinda "Aston Villa" joylashgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati