Arteta: «O‘yin juda qiyin bo‘ldi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 04:52
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasidagi "Luton"ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi (2:0) haqida gapirdi.

“O‘yin juda qiyin bo‘ldi. O‘ylaymanki, biz "Luton"ga past baho bermasligimiz kerak - ular yaxshi jamoa, bu bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Birinchi bo‘limda ikkita juda yaxshi gol urdik. Ammo ikkinchi bo‘limda raqib uslubi tufayli to‘g‘ri ritm topa olmadik.

Maydonga chiqqan yigitlardan juda mamnunman, ular hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishdi. Hozir bizda ko‘proq tanlov bor, chunki deyarli hamma safga qaytgan. Uch ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman", - deya Arteta so‘zlarini keltiradi BBC.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati