«Barsa»da Xavi borasida ishonch paydo bo‘lmoqda
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 03:12
Relevo xabariga ko‘ra, ayrim futbolchilar avvalroq mavsum yakunida klubdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan 44 yoshli mutaxassis fikrini o‘zgartirishiga ishonishmoqda.
Futbolchilar ko‘rishyaptiki, so‘nggi paytlarda bosh murabbiyning kayfiyati o‘zgargan. U avvalgidek bosimni sezmayapti. Buni jamoaning maydondagi muvaffaqiyati ham qo‘llab-quvvatlayapti – “blaugrana” yanvar oxiridan beri mag‘lubiyatga uchramayapti.
"Barselona" rahbariyati ham Xavini ko‘ndirishga umid qilmoqda.
Avvalroq kataloniyaliklar amaldagi murabbiyga o‘rinbosar topishda muammolarga duch kelgani xabar qilingandi.