Superliga. «Surxon» ketma-ket 3-o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, «Andijon» peshqadamlar safida

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 19:26
Superliga 3-turi doirasida "Surxon" Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida "Andijon"ni qabul qildi.Uchrashuv “Andijon” klubining 2:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Andijon” safida Esanov 36-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi taymda esa muxlislar 4 ta golga guvoh bo‘lishdi. Bahsning 52-daqiqasida Azizbek Pirmuhammadov hisobni oshirdi. Mehmonlarning uchinchi goliga “Surxon” jamoasi Azizbek Pirmuhammadov “yordam” berib yubordi. Aynan uning oyog‘idan to‘p “Surxon” darvozasiga yo‘l oldi.Uchrashuvning 84-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Muhammadali Abdurahmonov hisobni qisqartirishga erishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning 4-daqiqasida esa Sherbo‘tayev jarima zarbasini chiroyli tarzda golga aylantirdi va hisobni 2:3 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggigacha saqlanib qoldi. Shu tariqa “Andijon” klubi o‘z ochkolari hisobini 7 ochkoga yetkazib oldi. "Surxon" esa joriy mavsumda hali birorta ham ochko jamg‘ardi. Termizliklar 3 o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortishdi.Superliga, 3-tur"SURXON" - "ANDIJON" - 2:3 (0:1)Gollar: Sherzod Esanov, 36 pen (0:1), Farhodjon Sohibjonov, 52 (0:2), Azizbek Pirmuhammadov, 72 avtogol (0:3), Muhammadali Abdurahmonov, 84 (1:3), Humoyun Sherbo‘tayev, 90+4 (2:3)"Surxon": 16.Dilshod Yo‘ldoshev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Azizbek Pirmuhammedov, 7.Dostonbek Tursunov, 9.Ulug‘bek Hoshimov, 10. Dmitriy Pletnev, 15.Diyor Ramazonov, 17.Jahongir Abdusalomov, Asilbek Jumayev, Shohjahon Sultonmurodov, Asadbek Karimov."Andijon": 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G‘ulomov, 7. Sherzod Esonov, 8. Farhodbek Bekmurodov, 13. Sardorbek Azimov, 15. Vladimir Bubanya (S), 17. Farhodjon Sohibjonov, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 51. Luka Zgurskiy, 71. Bektemir Abdumannonov.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati