Rossiya hukumati Xitoy bilan Oy stansiyasini qurishni ma’qulladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 19:12

Rossiya hukumati Xitoy bilan Oyda qo‘shma tadqiqot stansiyasini yaratish bo‘yicha kelishuvni ratifikasiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritiladi.

«Kelishuvning amalga oshirilishi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga, qo‘shma kosmik faoliyatni rivojlantirishga va Rossiyaning kosmik tadqiqotlar, jumladan, Oyni tadqiq qilish loyihalarida yetakchi rolini mustahkamlashga yordam beradi», — deya hukumat bayonotidan iqtibos keltiradi «Interfaks».

Rossiya va Xitoy o‘rtasida Oyda stansiya qurish bo‘yicha kelishuv 2022 yilning noyabrida imzolangan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati