Dunyoning eng keksa odami vafot etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 22:02
Venesuela fuqarosi, dunyodagi eng keksa odam Xuan Visente Peres Mora 115 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Dunyodagi eng keksa odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Peres Mora 114 yoshida vafot etdi. Men uning oilasiga va El-Kobre shahrining barcha aholisiga hamdardlik bildiraman”, — deb yozdi prezident.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Peres Mora 115 yoshga to‘lishiga 26 kun qolgandi. U nafas olish tizimidagi muammolar tufayli vafot etgan.

Erkak o‘zining uzoq umr ko‘rishini doimiy ish, yaxshi dam olish, erta uyqu va kunlik bir stakan suv ichish bilan bog‘lagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati