Koman: Men yana YECHLda g‘alaba qozonishni, bu tuyg‘uni boshdan kechirishni xohlayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 22:02
"Bavariya" futbolchisi Kingsli Koman joriy Chempionlar ligasidagi ehtimoliy g‘alaba haqida gapirdi.

"Chempionlar ligasi kubogi qalbimda abadiy qoladi. Men yana g‘alaba qozonishni, bu tuyg‘uni boshdan kechirishni xohlayman. Biz bor narsamizni berishimiz kerak. Bu oson emas, lekin bu yil biz buni uddalay olamiz", - dedi Koman Bayern & Germany bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Koman "Bavariya"da 2017 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. 2019/20 yilgi mavsumda jamoa turnir finalida "PSJ"ni mag‘lub etib, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Joriy Chempionlar ligasida “Bavariya” chorak finalga qadar yetib bordi va unda Londonning “Arsenal” jamoasi bilan to‘qnash keladi. Birinchi o‘yin 9 aprel kuni, javob o‘yini 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati