Hindistondagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 21:54
Hindiston janubidagi Telangana shtatidagi kimyo zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kamida besh kishi halok bo‘lgan, vayronalar ostida yana 8-10 kishi qolmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmayapti, chunki portlash vaqtida binoda 50 ga yaqin odam bo‘lgan.

Zavoddagi boshqa reaktor ham portlashi mumkin, degan xavotirlar bor. Mutassaddilar yaqin atrofdagi aholini evakuasiya qilishni boshlagan.

2023 yilning noyabr oyida Hindistonning Surat shahridagi Aether Industries kimyo zavodi portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lib, 24 kishi jarohatlangandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati