Farg‘onada 16 yoshli qiz qidirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 17:50
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 18 yoshli ikki nafar qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabar qilingan edi. Viloyat IIBning “Daryo”ga xabar berishicha, yana bir qiz qidirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati IIB tomonidan Uchko‘prik tumani, “Katta-Qorako‘l” mahallasi, Rahmatillo qishlog‘ida yashagan, 2008 yilda tug‘ilgan Fozilova Ruxshonaxon 3 mart kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgani sababli qidirilmoqda.

Egnida qora rangli shapkali jemper, boshida to‘q yashil va qizil rangli yo‘l-yo‘l ro‘mol, oyog‘ida qora rangli, ayollar oyoq kiyimi, o‘ng qo‘lida rangli metalldan yasalgan uzugi bo‘lgan. Belgilari: bo‘yi taxminan 160-165 sm, bug‘doyrang, uzunchoq, sochi qora, quloqlari o‘rtacha, burni o‘rtacha, lablari o‘rtacha qalinlikda, tishlari tabiiy butun va ruhan sog‘lom.

Bedarak yo‘qolgan fuqaro to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlardan 73-244-02-85, 73-244-02-76 yoki “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berish so‘raldi. Bedarak yo‘qolgan shaxsning topilishida amaliy yordam bergan fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati