Futzal bo‘yicha JCHga qur’a tashlash marosimi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 21:12
FIFA Futzal Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi.

Bilasiz, 2024 yil yurtimiz nufuzli turnir FIFA Futzal Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqadan oldin esa yana bir muhim voqea - turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Marosim yurtimizning eng go‘zal maskanlaridan biri, ko‘hna va navqiron Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

26 may kuni Registonda o‘tkaziladigan marosimni dunyoning 200 dan ortiq mamlakati tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Go‘zal Samarqanddagi qur’a tashlash marosimi yurtimizning sport orqali o‘zini yana bir bor namoyon etishiga xizmat qiladi.

Bugun FIFA Prezidentining futzal bo‘yicha yordamchisi, FIFA musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Xayme Yarza boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif buyurdi. Delegasiyaga Sport vaziri Adham Ikramov va O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamrohlik qilmoqda. Delegatsiya a’zolarini Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Tadbir ishtirokchilari Registon maydonida qur’a tashlash marosimini tashkil etishga doir rejalar bilan tanishdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati