• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Isroilning G‘azo markazidagi turar joy inshootlariga uyushtirgan hujumi oqibatida 37 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo markazidagi turar joy inshootlariga uyushtirgan hujumi oqibatida 37 nafar falastinlik halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 17:48
15 mart kuni tunda Isroilning G‘azo markazidagi turar joy majmualariga uyushtirgan havo hujumida 37 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan. CNN nashri hodisa tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot bergan, deya yozmoqda Daryo.

Dastlabki xabarlarda, hodisa oqibatida 37 kishi halok bo‘lgani aytilgan. Biroq xalqaro nashrlar bu raqamlarni tasdiqlay olmagan. Halok bo‘lganlar soni ma’lum qilinganidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkinligi, jasadlar vayronalar ostida qolib ketgani xabar qilingan.

Unda aytilishicha, qurbonlar va jarohat olganlar Al-Aqso kasalxonasiga olib kelingan. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Voqea guvohlarining aytishicha, hujumga uchragan hududdagi aholi yalpi hujumdan 15 daqiqa oldin Isroil mudofaa kuchlaridan binoni tark etish bo‘yicha ogohlantirish signali olgan. Aholi hududni tark etishga ulgurmasdan, binolarga o‘t ochilgan.

Isroil armiyasi hududdagi 10 ga yaqin ob’ektni yo‘q qilgani aytilgan. CNN nashri Isroil mudofaa kuchlaridan hujum bo‘yicha izoh so‘raganda, ular munosabat bildirishdan bosh tortgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati