Messi ertangi bahsda maydonga tushadimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 20:52
Chorshanba oqshomida (Evropa vaqti bilan) KONKAKAF Chempionlar Kubogi doirasida "Inter Mayami" Monterreyga qarshi o‘ynaydi.

MLS klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino yulduz Lionel Messi maydonga tusha oladimi, degan savolga javob berdi.

Avvalroq Messi mashg‘ulotlarni qayta boshlagani haqida xabar berilgandi.

"Leoda jarohat bor va biz uni kutishimiz kerak. Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi, lekin aprel endigina boshlandi, hammasi endi boshlanmoqda.

Futbolchilarimizning holatini xavf ostiga qo‘yib bo‘lmaydi. Biz Leo uchun ham, boshqa har bir futbolchi uchun ham nima yaxshiroq ekanini aniqlaymiz", - deya Martinoning so‘zlarini keltiradi Goal portali.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati