Kloppni ortiqcha o‘yinlar qiziqtirmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 20:42
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Arsenal" va "Manchester Siti" uchrashuvlarini kuzatib boradimi, degan savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 aprel kuni har ikki jamoa liganing 31-turi doirasidagi o‘yinlarini o‘tkazadi. “Siti” “Aston Villa” bilan o‘ynaydi, “kanonirlar” esa “Luton Taun”ni qabul qiladi.

"Ularning bugun o‘yinlari borligini ham bilmasdim. Bu mening mavzuim emas. Ulardan doimo g‘alaba qozonishlarini kutaman.

Men ulardan doimo g‘alaba qozonishlarini kutaman. Lekin unday bo‘lmasligi ham mumkin.

Biz ochko olishimiz kerak, futbol uchrashuvlarimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. Qolganlari, rostini aytsam, meni qiziqtirmaydi.

Ular o‘ynashganda, mening yurak urishim kuchaymaydi", - deya Kloppning so‘zlarini keltirmoqda BBC.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati