Mo‘g‘uliston Markaziy banki 3,4 tonna oltin sotib oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 20:42
2024 yil yanvar-mart oylarida Mo‘g‘uliston Markaziy banki oltin qidiruvchilar va oltin qazib oluvchi korxonalardan 3,4 tonna (108 ming unsiyadan ortiq) oltin sotib oldi. Bu haqda seshanba kuni regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.

Oltin sotib olish - Mo‘g‘uliston Markaziy bankining mamlakat oltin-valyuta zaxiralarini ko‘paytirishga qaratilgan asosiy vositalaridan biridir.

Mart oyi holatiga ko‘ra, Markaziy bankning oltin sotib olish kursi bir gramm uchun 69,1 dollarni tashkil etdi, bu London metall birjasidagi past kursga to‘g‘ri keladi.

Mo‘g‘uliston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 5,2 milliard dollarni tashkil etadi.

2023 yilda Mo‘g‘uliston Markaziy banki 17,8 tonna oltin sotib oldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati