Britaniya qiroli Charlz III o‘z saroyiga yangi oshpaz qidirmoqda

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 53
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 17:46
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Bukingem saroyi uchun yangi oshpaz vakansiyasini e’lon qildi. Uning vazifalariga oliy hazratlari va mehmonlari uchun taom tayyorlash, ziyofatlar tashkil etish kiradi. Tanlov g‘olibi Bukingem saroyidagi elita oshpazlar jamoasiga qo‘shiladi. Bu haqda "Express" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi oshpaz birinchi navbatda qirolning Londondagi asosiy qarorgohi bo‘lgan Bukingem saroyida ishlaydi. Ammo ba’zan Shotlandiyadagi Balmoral va Holyrood saroyi kabi boshqa qarorgohlarga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lishi kerak.

E’longa ko‘ra, yangi xodimga uy-joy taklif etiladi, shuningdek, barcha zarur oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. U besh kunlik ish haftasiga ega bo‘ladi.

Tajriba nuqtai nazaridan e’londa oshpaz 5 yulduzli/premium keytering, shuningdek, umumiy ovqatlanish va klassik fransuz oshxonasida tajribaga ega bo‘lishi aytiladi. Yangi oshpaz bilan doimiy shartnoma tuziladi. Lavozimga ariza topshirishning oxirgi muddati - 1 aprel.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati