Pochettino Nkunkuga umid qilmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 18:10
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Kristofer Nkunku hozirda eng yaxshi holatda emasligini aytdi. Fransiyalik futbolchi fevral oyi oxirida yana bir jarohat olgandi.

“Nkunku tezda qaytadimi? Rostini aytsam, men hali ham bilmayman. U yana qachon jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishi haqida hech qanday tasavvurga ega emasman. Menda hech qanday ma’lumot yo‘q. Kristofer endi tiklanmoqda. Uning jarohati biz kutganimizdan ham jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Nkunku mavsum yakuniga qadar kamida bitta o‘yin o‘tkaza olsa yaxshi bo‘ladi", - dedi Pochettino matbuot anjumanida.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati