Tottenxem o‘ng qanot himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 18:02
Londonning "Tottenxem" klubi yozda o‘ng qanot himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin. Gap 25 yoshli himoyachi Emerson Royal haqida ketmoqda, uni bosh murabbiy Ange Postekoglu unchalik qo‘llab-quvvatlamayapti.

Football Insider xabariga ko‘ra, "shporlar" braziliyalik futbolchini boshqa transferlarni moliyalashtirish uchun sotishi mumkin. Avvalroq, Emersonga Saudiya Arabistonida talab borligi, futbolchiga "An-Nasr" qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.

Emerson joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati