Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar nomi aniqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 17:36
Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.

Superligada dastlabki 4 tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar:

Vitaliy Levchenko ("Neftchi") – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 4:2

Aleksandr Xomyakov ("Andijon") – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 9:4

Aleksandr Stoymirovich ("Lokomotiv") – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 6:2
Jamshid Saidov ("Qizilqum") – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6:4
Mirjalol Qosimov (OKMK) – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 5:2
Ro‘ziqul Berdiyev ("Nasaf") – 4 o‘yn, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 5:2
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati