Tojikistonda terrorchilikda gumon qilingan 20 nafar shaxs qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 17:02

Tojikistonda bayram kunlari teraktlar tayyorlashda gumon qilinib, 20 ga yaqin kishi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Ozodi radiosi o‘z manbalariga tayanib.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi manbalarning xabar berishicha, qo‘lga olinganlar orasida Vaxdat, Rog‘un va Nurek shaharlari aholisi ham bor. Ular Navro‘z bayrami arafasida hibsga olingan. Hozirda tergovchilar ularning Crocus City Halldagi teraktni sodir etgan gumonlanuvchilar bilan aloqasi bor-yo‘qligini aniqlashga harakat qilmoqda.

Ularning konsert zalidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan «Islomiy davlat Xuroson» terror tashkilotiga aloqadorligi haqida ma’lumot berilmagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati