Isak kelajagi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 16:50
"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak kelajagi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Matbuotda "magpilar" Aleksandrni 100 million yevroga sotishga tayyor ekani aytildi.

"Albatta, men kelajakda "Nyukasl"da o‘ynashni davom ettirmoqchiman! Bu yerga uzoq muddatli loyiha uchun kelganman, bu yerda o‘ynash juda yoqadi. Haqiqatan ham o‘zimni uyda his qilaman. Endigi maqsadim mavsumni yuqori notada yakunlash", - dedi Isak jurnalist Mark Duglasga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Isak Angliya Premyer-ligasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati