Pogba 4 yillik diskvalifikasiyasi ustidan apellyasiya berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 16:46
JCH-2018 chempioni Pol Pogba antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yillik diskvalifikasiyasi ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyasiya berdi. Bu haqda CAS matbuot xizmati xabar berdi.

"Pol Pogba Italiya Milliy antidoping tashkiloti qarori ustidan apellyasiya berdi. Hozircha boshqa ma’lumot yo‘q", - deya xabar beradi matbuot xizmati.

29 fevral kuni italiyalik jurnalist Nikolo Skira Italiyaning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Pogba antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga diskvalifikasiya qilingani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ANSA Pogbaning "Udineze"ga qarshi Italiya chempionati 1-tur uchrashuvidan keyin (3:0) doping-testi testosteronga ijobiy natija bergani haqida xabar bergandi. Futbolchi vaqtinchalik "Yuventus"da o‘ynashdan chetlashtirildi. 6 oktyabr kuni Pogbaning ikkinchi doping testi ham ijobiy natija berdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati