Manchester Siti - Arsenal o‘yini AQSH tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan APL o‘yiniga aylandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 16:26
"Manchester Siti"ning "Arsenal"ga qarshi o‘yini AQSHda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘yinga aylandi.

Premyer-liganing 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Pep Gvardiola shogirdlari "kanonirlar" bilan durang o‘ynadi (0:0).

NBC Sports nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu o‘yin AQSHda Premyer-liganing barcha o‘yinlari orasida eng ko‘p tomosha qilingan - 2,12 million tomoshabinga aylandi.

O‘yinni ispan tilidagi Telemundo telekanali orqali tomosha qilganlar bilan birga umumiy auditoriya 2,59 millionni tashkil etadi.

Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa hozirda Premyer-liga jadvalida 65 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi, "Manchester Siti" esa "kanonirlar"dan 1 ochko ortda qolmoqda. Peshqadam “Liverpul” hisobida 67 ochko bor.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati