Luis Rubiales Ispaniya aeroportida qo‘lga olindi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 22
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-04-2024, 15:58
Avvalroq Ispaniya prokuraturasi Luis Rubialesni hibsga olishga order bergan edi. Bu order Saudiya Arabistoni bilan Ispaniya Superkubogini o‘tkazish huquqini ushbu mamlakatga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnoma ishi bo‘yicha RFEF binolari tintuv qilinganidan keyin chiqarilgan.
Ushbu bitimni tuzish chog‘ida korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish alomatlari borligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, prokurorlar Rubialesni Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Jennifer Ermosoni o‘pgani uchun 2,5 yil qamoq jazosini talab qildi.