Arteta: Hech qanday yangilik yo‘q, lekin men bu yerda juda xursandman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 15:56
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta London klubi bilan shartnomasini uzaytirish borasida biror xabar bormi degan savolga javob berdi.

"Yo‘q, hech qanday yangilik yo‘q. Lekin men bu yerda juda baxtliman. Yana bir yil shartnomam bor, bu futbolda uzoq vaqt. Futbolchilar xursand, klub baxtli, hech qanday muammo yo‘q. Men bor e’tiborimni faqat o‘yinlarga va g‘alabaga qaratganman, bu hozir eng muhimi", - deydi Arteta.

Arteta 2019 yildan beri "Arsenal"ni boshqarib keladi. Angliya Premyer-ligasining 2023/2024-yilgi mavsumi 29-turidan keyin “kanonirlar” peshqadam “Liverpul”dan ikki ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati