Arsenal yozda yulduz yarim himoyachi sotib olmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 15:00
Londonning "Arsenal" klubi yoz uchun asosiy transfer maqsadini tanladi. Football Transfers xabariga ko‘ra, "kanonirlar" rahbariyati Germaniya va "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Yarim himoyachining nemis grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi. "Arsenal" bundan unumli foydalanib, futbolchini yozda sotib olmoqchi.

Joshuaning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda. Kimmix Bundesliganing joriy mavsumida 21 ta o‘yin o‘tkazdi. 29 yoshli yarim himoyachida bitta gol va beshta golli uzatma bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati