Jeyms Chelsida qolishni istaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 14:48
"Chelsi"ning o‘ng qanot himoyachisi Ris Jeyms o‘z jamoasida qolish niyatida. Avvalroq “ko‘klar” sardoriga “Real” qiziqayotgani, ammo ingliz futbolchisi ketish niyatida emasligi haqida xabar berilgandi.

HITC xabariga ko‘ra, "Chelsi" moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun katta miqdorda futbolchilarni sotishi kerak bo‘lishi mumkin. Mavsumni ko‘p jarohatlar tufayli o‘tkazib yuborgan Jeyms nomzodlardan biri. Biroq o‘ng qanot himoyachisi "Chelsi"da baxtli va ketishni istamayapti.

Jeyms mavsumning qolgan qismida maydonga tushmasligi mumkin, chunki futbolchi hali ham tizzasidagi operasiyadan tuzalib ketmoqda. Ris Premyer-liganing ushbu mavsumida atigi 8 ta o‘yin o‘tkaza oldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati