Biznes yuritish uchun eng yaxshi davlatlar e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 14:40
Economist Intelligence Unit (EIU) tahliliy guruhi biznes yuritish uchun eng yaxshi davlatlar reytingini e’lon qildi. Singapur 16 marta birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

EIU tadqiqoti 82 ta mamlakat va hududlarda 91 ta ko‘rsatkich, jumladan inflyasiya, yashash narxi, iqtisodiy o‘sish va fiskal siyosat asosida olib borilgan. Singapurning yetakchi mavqeyini belgilab bergan omillar uning siyosiy barqarorligi va hukumatning mahalliy xususiy kompaniyalarga texnologik yangilashda yordam berishga qaratayotgani hisoblanadi.

Ikkinchi o‘rinni Daniya egalladi, reyting tuzuvchilar mamlakatning transport va raqamli infratuzilmaning yuqori sifatini e’tiborga oldi. AQSh tashqi savdo va investisiyalar bo‘yicha bir nechta cheklovlarni hisobga olgan holda qulay bozor imkoniyatlari yaratgani tufayli kuchli uchlikni yopib berdi.

Kuchlik o‘nlikka kirgan davlatlar quyidagilar:

Shu bilan birga, reytingda o‘z o‘rnini sezilarli darajada yaxshilagan mamlakat Gresiya bo‘lgan – bunga hukumat tomonidan olib borilayotgan islohotlar va biznesga soliq yukining kamaytirilgani yordam bergan. Bundan tashqari, Argentinada biznes muhiti mamlakat prezidenti Xavyer Mileyning xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslari tufayli sezilarli darajada yaxshilandi.

Tadqiqotchilar Hindiston, Angola, Qatar, Keniya, Dominikan Respublikasi, Venesuela, Litva va Serbiyaning muvaffaqiyatlarini ham qayd etdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati