Telegramda virus tarqamoqda!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 14:38
Firibgarlar tomonidan "Telegram" messenjerida "banklar aksiya" o‘tkazmoqda degan yolg‘on xabarlar takroran tarqatilmoqda.

Eng qizig‘i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan kelayotgan bo‘lishi ham mumkin. Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi manzilga kirsangiz, "Telegram" profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib, plastik kartangizdagi pullarni yechib olishadi. Keyin esa maxsus botlar Sizning nomingizdan hammaga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni Siz nazorat qila olmay qolasiz.

“Yodda tuting! Bu kabi havolalardagi ilovalar shaxsiy ma’lumotlaringizni va parollaringizni o‘g‘irlovchi virusdir!

Fuqarolardan bu kabi soxta ilovalarni yuklab olmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz”, deyiladi Kiberxavfsizlik markazi xabarida.

Bu kabi firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi.

Ikki bosqichli autentifikasiyani o‘rnating; Sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang; Messenjerning "qurilmalar" bo‘limidagi "Faol seanslarni" tekshiring boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati