Amorim Barselonaga bormaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 14:28
Lissabonning “Sporting” klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim “Barselona”ni boshqarmaydi. Jurnalist Pedro Sepulveda bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Angliyaning "Liverpul" klubiga faol qiziqish bildirayotgan portugaliyalik mutaxassisni taklif qilmoqchi emas.

“Barselona” bosh murabbiyi lavozimi yozda bo‘sh qolishi kerak, chunki Xavi Ernandes mavsum yakunida iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. Biroq, jamoa rahbariyati hozirgi murabbiyning ketish haqidagi fikrini o‘zgartirishi va kamida yana bitta mavsumga qolishidan umidini yo‘qotmaydi.

“Sporting”ni boshqarayotgan Amorim avvalroq Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritgandi. Lissabon jamoasi hozir milliy chempionatda yana peshqadamlik qilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati