Amorim Barselonani boshqarmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 14:26
Lissabonning "Sporting" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim "Barselona"ni boshqarmaydi. Jurnalist Pedro Sepulvedaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Angliyaning "Liverpul" klubi faol qiziqish bildirayotgan portugaliyalik mutaxassisni taklif qilmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" bosh murabbiyi lavozimi yozda bo‘sh qolishi kerak, chunki Xavi Ernandes mavsum yakunida iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. Biroq, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati hozirgi murabbiyning ketish haqidagi fikrini o‘zgartirishi va kamida yana bitta mavsumda qolishidan umidini yo‘qotmaydi. "Sporting"ni boshqarayotgan Amorim avvalroq Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritgandi. Lissabon jamoasi hozir milliy chempionatda yana peshqadamlik qilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati