Toshkent shahar hokimligini qo‘riqlash uchun 3,3 milliard so‘m sarflanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 13:56
Joriy yilda Toshkent shahar hokimligini qo‘riqlash xizmatiga 3,3 milliard so‘m ajratish bo‘yicha hokim qarori qabul qilindi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning 2024 yil 26 martdagi qarori bilan hokimlik ma’muriy binosini saqlash, xaridlar va xizmatlar uchun mahalliy byudjetdan 7,3 milliard so‘m ajratiladi.

Hujjatda yozilishicha, joriy yilgi xarajatlar smetasida eng ko‘p mablag‘, ya’ni 3,3 milliard so‘m Toshkent shahar hokimligini qo‘riqlash xizmati xarajatlariga ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Smetada hokimlikka qarashli avtomobillar yonilg‘i xarajatlariga 690 million so‘m, avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishga 150 million so‘m, avtomobil moylariga 48 million so‘m sarflanishi belgilangan.

Liftlarga xizmat ko‘rsatishga 62 million so‘m, maxsus mebellar sotib olishga 150 million so‘m, guldastalar xarid qilish va gullar bilan bezatish uchun 60 million so‘m to‘lanadi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan bino va archani bezatishga 25 million so‘m, majlislar zallari uchun gilam xarid qilishga 100 million so‘m ajratiladi.
Smetaga ko‘ra, hokimlik internet tarmog‘i to‘lovlariga 68,5 million so‘m, hokim qabulxonasi va matbuot xizmati uchun alohida kuchaytirilgan internet tarmog‘i to‘loviga 45,3 million so‘m, binoda internet tarmog‘ini kuchaytirish uchun maxsus qurilmaga 45 million so‘m sarflanadi.
Qarorda binoda foydalanilgan elektr energiyasi to‘lovlariga 700 million so‘m, tabiiy gaz to‘lovlariga 400 million so‘m, printer bo‘yoqlarini almashtirish va ta’mirlashga 60 million so‘m ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, qarorda hokimlik binosi atrofini obodonlashtirish, santexnika, elektrotexnika va boshqa xo‘jalik mollari xarid qilish xarajatlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati